2015 yil yakunlariga köra, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoğining bir kunlik faol auditoriyasi 51 millionga yetdi, deya xabar bermoqda kompaniya press-reliziga asoslangan holda Gazeta.ru/
Ijtimoiy tarmoqning mobil auditoriyasi soni ham 2014 yilga qaraganda 30 foizga oşib, jami foydalanuvçilarning 64 foizini taşkil etdi. Şuningdek, “Odnoklassniki”da videolar tomoşa qiliş körsatkiçi ham 30 foizga köpaygan.
Bir oyda ijtimoiy tarmoq orqali 6,8 milliard marotaba video va gif-fayllar körilgan.
comScore ma'lumotiga köra, 2015 yil noyabrida “Odnoklassniki” Rossiyadagi ikkinçi eng ommaviy videoresursga aylangan.






