Jizzax şahridagi “Söğdiyona” stadioni örnida 2015 yilda “Universal” zamonaviy sport inşooti barpo etildi. ÖzA xabariga köra, bu inşoot u bilan viloyatda sport inşootlari soni qariyb 2 ming 800 ga yetdi.

11 ming 600 örinli futbol maydonini öz içiga olgan mazkur majmuaning işga tuşirilişi viloyatda sportni yanada rivojlantirişda yangi bosqiçni boşlab berdi.

Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasining Jizzax viloyati filialidan olingan ma'lumotlarga köra, 2003-2015 yillarda viloyatda jamğarma mablağlari hisobidan 100 dan ziyod inşoot qurilgan va rekonstruksiya qilingan. Uning qariyb 90 foizi qişloq joylarda qad rostlagani yanada ahamiyatlidir.

– Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan zamonaviy şaroitlarda mahorat oşirayotgan jizzaxlik yoş sportçilar mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli iştirok etmoqda, – deydi viloyat madaniyat va sport işlari boşqarmasi ommaviy sportni rivojlantiriş bölimi boş mutaxassisi Sahob Ibodov.

– 2015 yilda viloyat sportçilari 15 xalqaro, 55 respublika musobaqalarida iştirok etdi. Bunda ular 89 oltin, 92 kumuş va 109 bronza medalini qölga kiritdi. Ayni paytda viloyatda sport bilan muntazam şuğullanayotganlar 261 mingdan oşdi. Ularning 118 mingdan ortiği xotin-qizlardir.