Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Jozep Bartomeu Ispaniya çempionatining 20-turidan örin olgan «Atletik»ka qarşi öyinda (6:0) raqib darvozaboni Gorki Iraysosning 4-daqiqadayoq çetlatilişiga munosabat bildirib ötdi.
«Erta körsatilgan qizil kartoçka öyinga öz ta'sirini ötkazdi. Menimça penalti belgilaşning özi kifoya edi. Qizil kartoçka kerak emasdi. Futboldagi bu qoidani özgartiriş kerak», – deya ta'kidladi Bartomeu.
Eslatib ötamiz, 34 yoşli darvozabon hujumçi Luis Suaresni jarima maydoni içida töxtatib qolgan va boş hakam Mateu Laos tomonidan maydondan çetlatilgandi. Lionel Messi esa penaltidan unumli foydalanib hisobni oçgandi.






