Xonanda Lola Yöldoşeva “Darakçi” naşriga bergan intervyuda 2015 yili boşiga tuşgan muammolarni yodga oldi.
“Ötgan yilni men özim uçun maktab deb qabul qildim, - dedi u. – U meni qayta tarbiyaladi, irodamni mustahkamlab, ruhan tuşkunlikka tuşmaslikka örgatdi”.
Jurnalistning omma e'tiboridagi insonlarning fe'l-atvori haqidagi savollariga javob berarkan, Lola şunday dedi:
“Menimça, har bir insonning öz didi, öylari va aqli bölişi kerak. Bundan taşqari, insonni kiyim emas, uning qalbi bezab turadi degan falsafaga tayanaman”.
“Muxlislar ijodimga, kliplarimda kötarilayotgan muammolarga e'tiborliroq bölişlarini söragan bölardim”, - xulosa qildi xonanda.






