Olimlar ota-onaning yoşi tuğilgan farzandning umr davomiyligiga ta'sir körsatuvçi biologik mexanizmlarni aniqlaşdi. Tadqiqot natijalari Functional Ecology jurnalida e'lon qilindi.

Şimoliy Dakota davlat universiteti, şuningdek, Glazgo va Edinburg biologlari 30 yil davomida Şotlandiyaning Mey orolidagi Phalacrocorax aristotelis baqlanlari populyatsiyasini örganişdi.

Olimlarning taxmin qilinişiça, xromosomalarning himoya funksiyasini bajaruvçi çetki uçastkalariga ota-onalarning farzand tuğilganidagi yoşi ta'sir körsatadi. Quşlar qonining tahlillari şuni körsatdiki, ota-onaning yoşi qança katta bölsa, xromosomaning bu uçastkalariga ham şunça ziyon keltiriladi.

“Ular DNK kodlarini böliniş çoğida himoya qiladi. Ularning yöqotilişi hujayraning umrini qisqartiradi va qariş bilan boğliqdir”, - deydi iş mualliflaridan biri Britt Xaydinger.