16 yanvar kuni Rossiyaning «NTV» telekanalida teleboşlovçi Jon Uorrenning Samarqandda suratga olingan «Poyedem, poyedim!» («Boramiz, tanovul qilamiz») körsatuvi namoyiş etildi. Bu haqda «Afisha.uz» internet-naşri xabar tarqatmoqda.

Manbada yozilişiça, 30 yildan buyon rus tilini örganib, 20 yildan beri Rossiyada yaşab kelayotgan körsatuv boşlovçisi, buyuk britaniyalik Jon Uorren 2012 yildan boşlab «NTV» telekanalida «Poyedem, poyedim!» («Boramiz, tanovul qilamiz») nomli mazali taomlar va sarguzaştlar haqidagi şou-körsatuvni olib boradi.

2015 yilning noyabr oyida Jon suratga oliş guruhi bilan birga Özbekistonda böldi va Samarqand haqida hikoya qiluvçi körsatuv tayyorladi. Körsatuvda non yopiş va dimlama tayyorlaş jarayonlari körsatilgan.

Jon Uorren nafaqat Samarqandni aylandi, balki u qadim şaharning eng maşhur afsonalari haqida sözlab berdi. Qadim şahar tarixi bayon qilindi, gilam töqiş va sözana tikiş, özbek bozorining öziga xos tomonlari aks ettirildi, deyiladi xabarda.