Toşkentda köp profilli Vitamed Medical tibbiyot markazi oçiladiyu bu haqda markaz press-relizida söz boradi.

Markaz klinik radiologiya, laborator, endoskopik, funksional diagnostika, ambulator-piliklinika tekşiruvlari va davolaş, jarrohlik amaliyoti, statsionar davolaş, fizioterapiya va davolaş jismoniy tarbiyasi, tez tibbiy yordam kabi yönalişlarda tibbiy xizmatlarni körsatadi.

Vitamed Medical markazi öz faoliyatini Hindistonning Medanta şifoxonasi bilan hamkorlikda olib boradi.Markaz zamonaviy davolaş-diagnostika va yuqori samarador reabilitatsion jihozlar bilan ta'minlangan.

“Markazimizning “Soğlom bola va ona” yilida iş boşlayotganidan xursandmiz”, - deydi markaz direktori Farhod Ilhomov. Uning sözlariga köra, markaz “yagona eşik xizmati” tamoyili asosida iş olib boradi. Ya'ni, şu yerning özida köplab malakali utaxassislar xizmatidan şu joyning özida foydalaniş mumkin.