Britaniya musulmonlari uyuşmasi Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeronni islom diniga mansub odamlarni yomon otliq qilib körsatayotgani uçun qoraladi. 18 yanvarda Reuters axborot agentligi xabar berganidek, bunga boş vazirning musulmon ayollar ingliz tilini örganişi ekstremistik moyilliklarga qarşi kuraşdagi muhim qadam deb atagani sabab bölgan.

“Hukumatning musulmonlarga nisbatan bildirayotgan fikrlari foydasizdir, u musulmon jamiyatini yomon otliq qiliş va kamsitişni davom ettirmoqda”, deb aytilmoqda Musulmon ayollar kengaşi bayonotida. Kengaşning izohlaşiça, u ingliz tilini örganiş uçun qöşimça mablağ ajratilişini ma'qullaydi, biroq tilni bilmaslik va ekstremistik moyilliklar örtasida qandaydir boğliqlik borligini inkor qiladi.

Kemeron ingliz tilini bilişning past darajasi bilan ekstremizm örtasida bevosita aloqa yöqligini aytdi, biroq britan jamiyatiga kirişib keta olmaganlar boşqalardan köproq radikal oqimlarga kirib ketiş xavfiga egalar. Boş vazirning aytişiça, qirollikka kelgandan keyin ikki yil içida til böyiça imtihonni topşira olmagan ba'zi şaxslar mamlakat hududini tark etişlariga töğri keladi.      

Avvalroq 18 yanvarda Britaniya hukumati yopiq jamiyatlardagi ayollar ingliz tilini örganişlari dasturi uçun 20 mln funt sterling ajratişni rejalaştirayotgani haqida ma'lumot paydo bölgandi. 2016 yil oktabrdan turmuş örtoğining vizasi böyiça mamlakatga kelgan ayollar ingliz tilini biliş darajalari yaxşilangani böyiça sinovdan ötkazila boşlanadilar.