Erondan xalqaro sanksiyalar bekor qilinganidan keyin Eron xorijiy banklarda muzlatib qöyilgan 55 mlrd dollarga yaqin mablağiga ega böla oladi, biroq uning infratuzilmani tiklaşga ehtiyoji ança köproqni taşkil qiladi. Bu haqda 18 yanvarda CNN telekompaniyasiga intervyuda AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri aytib ötdi.
“Men reportajlarda 100-150 mlrd dollarga yaqin raqamlarni eşitdim. Bu notöğri. Gap ma'lum vaqt içida 55 mlrd dollarga ega böliş haqida ketmoqda”, deb aytdi Kerri. Kerrining fikriça, bu orada Eronga neft qazib oliş infratuzilmasini tiklaş uçun 500 mlrd dollar zarur böladi.
Suriya ixtilofini tartibga soliş istiqbollari haqidagi savolga Kerri AQŞ yaqinda Saudiya Arabistoni va Eron örtasidagi munosabatlarning keskinlaşgani Suriya böyiça muzokaralar borişiga ta'sir qilmasligiga umid bildirayotganini aytdi.
“Eronliklar muzokaralar stoliga ötirişga rozi bölişdi. Ular bu stol atrofida Saudiya Arabistoni va boşqa davlatlar bilan birga bölişadi, buni bir neça oy tasavvur qilib ham bölmasdi.
Saudiyaliklar ham, eronliklar ham ular orasida hozirda mavjud bölgan kelişmovçiliklar Suriya muammosini hal qilişda taraqqiyotga erişişga urinişlarga ta'sir qilmasligiga kelişib oldilar”, deb aytdi Kerri.
AQŞ Davlat kotibi Eron Suriya böyiça reja taklif qilganini eslatib ötdi. “Bu rejada öt oçişni töxtatiş, yangi konstitutsiyani yaratiş böyiça muzokaralar ötkaziş, milliy birdamlik hukumatini yaratiş va saylovlar ötkaziş közda tutilgan.
Bu takliflar Jyenevadagi muzokaralar iştirokçilari erişişga uringan maqsadlarga juda yaqin. Bularning barçasini körib çiqiş kerak”, deb ta'kidladi Kerri.






