16 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyati Kitob tuman markaziy madaniyat va aholi dam oliş markazining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Bu haqda Madaniyat va sport işlari vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
Madaniyat va aholi dam oliş markazining tantanali oçiliş marosimini Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vaziri Bahodir Axmedov tabrik sözi bilan boşlab berdi.

Şuningdek, tadbirda Özbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Maxsudov, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy işlar ilmiy-metodik markazi rahbari örinbosari Q.Amanqulov, Qaşqadaryo viloyat hokimi örinbosari Ğ.Djavliyev, viloyat Madaniyat va sport işlari boşqarmasi boşliği S.Sayimov, Kitob tumani hokimi U.Xudoyqulov qatnaşdi.
Markazni ta'mirlaş hamda jihozlaş işlari uçun mahalliy byudjyet mablağlaridan 585,0 mln. söm ajratilib, "Kitob IKT” MÇJ tomonidan ta'mirlandi.

Markazning rasmiy oçilişidan keyin, barça yiğilganlar markaz faoliyati bilan tanişib çiqişdi. Hozirda uşbu Markazda yoşlarni madaniyat va sport sohasiga qiziqtiriş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida rubob, doira, dutor, kuraş, şaxmat-şaşka, karate 12 ta tögarak faoliyat olib bormoqda. 80 nafardan ziyod yoşlar özlarini qiziqtirgan yönalişlari böyiça tögaraklarga doimiy ravişda iştirok etmoqdalar.









