Özbekistonlik muxlislar nomidan Qatardagi U23 Osiyo çempionatida muvaffaqiyatsizlikka uçragan va 2016 yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasidan quruq qolgan özbekistonlik olimpiyaçilar va jamoaning murabbiylar ştabiga qaratilgan murojaat bilan çiqişdi. Bu noma uff.uz saytiga joylaştirilgan.

Quyida bu murojaat matni töla saqlangan holda havola etiladi.

Hurmatli, Özbekiston olimpiya terma jamoasi futbolçilari va murabbiylar ştabi!

Avvalgi ikki öyindagi hayajonlar bosilib, yuzaga kelgan nafrat ortga çekinib, reallik sari tobora yaqinlaşyapsiz va yaqinlaşyapmiz. Aslida nima qilib qöyganingizni sekin-asta endi anglay boşlaysiz...

Bugun guruhning uçinçi - sizlar uçun esa, oxirgi öyinida maydonga tuşasiz. Şu bilan Toşkentga qaytasiz. Yana hayot öz izida davom etadi. Olimpiya termasining muvaffaqqiyatsizligidan oddiy işqiboz ölib qolmaydi yoki şu bilan hayot töxtab qolmaydi. Nimaiki qilgan bölsangiz - barçasi özingiz uçun, şaxsiy obröingiz uçun qildingiz. Endi şu ekkan "daraxtingiz"ning mevasini özingiz olasiz.

Balki, qaysilaringizgadir milliy terma jamoa eşiklari butunlay yopilar. Kimning nomi şu bilan esdan çiqar, muxlislar boşqa eslamas. Baxti çopganlar milliy termadan taklif olar... Lekin, bularning barçasi endi kelajakda. Heç biringizga mamlakatimizning boş jamoasidan muqarrar joy kafolatlanmagan.

Bugun Yaman bilan öynaysiz.

Ularni, yirik hisobda yutib qöymang. Keraksiz gollarni heç kim qabul qila olmaydi. Sizning vaziyatingizda ENG töğri iş - bugun çiroyli öynaş!

Yöq, gollarni qatorlaştiriş şartmas. Bitta narsani iltimos qilamiz: şerigingizga töğri uzatma ("pas") bering. Sizlar hattoki oddiy töğri "pas" taşlaşni bilmasligingizni hamma kördi. Ukajonlar, bugun faqat bir-biringizga töğri uzatma bering. Ortiğini bizga kerakmas.

Hozirgi zamonaviy futbol şuni körsatyaptiki, maydonga aqlli futbolçilar tuşişi kerak.

Maydonda Fabregas, Modriç, Pirlo, Inesta, Özil kabi fikrlang. Şerigingizga ANIQ uzatma berişni örganing. Gol öz-özidan keladi. Ha, gol öz-özidan keladi.

Futbol judayam oddiy öyin. Bilasizmi, qaysi basketbol jamoasi ğalaba qozonadi? Şeriklariga töpni qöli bilan aniq otib beradigan jamoa hamişa ğolib çiqadi. Futbolda ham şunday. Oyoğingiz bilan uzatmani töğri bering. Böldi!

Agar, şuni ham eplay olmasangiz - futboldan keting. Yiqqan pullaringizni tadbirkorlikka yönaltiring. Tirikçiligingiz ötadi. Futbolni taşlang, örningizni aniq "pas" beradiganlarga böşating.

Yana bir jihat: bu murabbiylarning xatosi - katta musobaqa paytida internet va har xil ijtimoiy tarmoqlarni unuting. U yerlarga kirmang! Xayolingiz tayyorgarlik va öyinda bölsin. Faqat ota-onangiz bilan muloqot uçun internetdan foydalaning.

Murabbiylar ştabi, sizni bu narsadan çeklamasdan xato qildi.

Murabbiylar ştabiga şuni ma'lum qilamiz: bugun asosiy tarkibda Temur Hakimovni tuşiring! Igor Sergeyevdan sardorlikni oling! Boşqa futbolçiga bering, sardorlikni. Yulduzlik kasaligi çalingan futbolçilarni kördik.

Gollivud aktyori Mel Gibson öynagan "Şeryurak" filmini yaxşi bilasiz. Uilyam Uolles şotlandiyaliklarga "Siz hozir ketib, balki ölmay qolarsiz. Ma'lum muddatgaça. Ammo, bir kun kelib, öz umringiz bilan ölayotgan paytingizda töşakda yotib - şu kun uçun butun yaşagan umringizni berişga rozi bölasiz. Ha, agar imkon bölganda öşa kunga qaytib, inglizlarni yakson qilardingiz - hozirga öxşab "tumtaraqay" qoçmasdingiz", deydi.

Sizda ham taxminan şunday böladi. Aminmizki, vaqt ötib mana şu ikki öyinni (Janubiy Koreya va Iroq) qaytarişni juda-juda istaysiz va şunday bölganda ularning yer tişlatişga tayyor bölasiz. Şu öyinlar qaytganida boşqaça öynardingiz, işonavering. Ammo...

Ammo, endi keç böldi. Bu gaplarni sizga murabbiylar ştabi Iroqqa qarşi öyin oldidan aytişi kerak edi.

Oldingizda, sal bölsa ham nomingizni oqlaydigan va yengil nafas olib, yurtingizga qaytadigan kiçkinagina "imkonça" bor. Bu - bugun Yamanni çiroyli qilib yutiş! Katta hisob bölişi şartmas. Şunçaki, töğri "pas" berib, gollar uring. Ortiği bizga kerakmas. Muxlislar hammasini unutişadi va sizni yana sevib qolişadi.

Bu gaplardan qançalik xulosa çiqarasiz - bu sizning işingiz. Sizsiz ham muxlisning hayoti davom etadi.

Boring, Yamanni heç bölmasa özingiz hamda yaqinlaringiz isnodda qolmasligi uçun yutib bering!

Çiroyli qilib!

Lozim topsangiz, matbuotda uzr sörab qöying!