Qirğiziston Rossiyaga Yuqori Norin GES kaskadining qurilişiga ajratilgan 37 mln dollarni qaytaradi. Bu haqda Qirğiziston iqtisodiyot vazirining örinbosari Nurlan Sodiqov bayonot berdi.

“Biz Rossiyaga ilgari kaskad qurilişiga tikilgan 37 mln dollarni qaytarmoqçimiz”, - dedi u. Amaldor, şuningdek, respublika loyiha uçun yangi investorlar topganidan söng Rossiya oldida qarz qaytarilişini ta'kidlab ötdi.