21 apreldan Brodveydagi Longacre teatrida Microsoft va Apple kompaniyalari asosçilari Bill Geyts va Stiv Jobs haqida “Nerds” (“Kompyuter fanatlari”) deb nomlangan myuzikl namoyiş qilinadi.
Myuzikl prodyuseri Karl Levinning aytişiça, myuzikl komediya janrida böladi, u Erik Vayner va Jordan Allen-Datton tomonidan yozilgan ssenariy, Xal Goldberg musiqasi va Joş Bergasse xoreografiyasi asosida sahnalaştiriladi. Jobs va Geyts rollarini qaysi aktyorlar öynaşi hozirça ma'lum qilinmagan.
Myuzikl yuqori texnologik vositalar yordamida sahnalaştirilişi va'da qilinmoqda – sahnada gologrammalar namoyiş qilinadi, tomoşabinlar esa aktyorlar va bir-birlari bilan maxsus dastur yordamida suhbatlaşişlari mumkin böladi.






