17 yanvar kuni Toşkent şahridagi “Kitob olami” markazida Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malikning “Hilol-naşr” naşriyotida çop etilgan “Mehmon tuyğular”, “Falak”, “Zulmat saltanati” kitoblarining taqdimoti bölib ötgan edi.

Uçraşuvda Tohir Malik muxlislarning savollariga atrofliça javob berib, qimmatli maslahatlar berdilar. Ziyouz.com portalida mazkur suhbatning töliq matni va audio şakli e'lon qilindi.

— Yozuvçining asar yozişdan maqsadi, niyati qanday bölişi kerak?

—Har sohada ham avvalo, niyat xayrli bölişi kerak. Qaysi iş bölmasin, agar undan moddiy manfaat oliş niyat qilinsa, uning oxiri yaxşi bölmaydi.

Menda ham biron asar yozişdan avval undan moddiy foyda oliş niyati bölmagan. Men nimaiki öqib-örgangan bölsam, hammasini siz kitobxonlarga qaytariş niyati va bu yölda Alloh rizoligini istaş bor.

Ba'zilar adabiyot nasihatga aylanmasligi kerak, deydi. Mening asarlarimni ham tanqid qiluvçilar köp. Nega adabiy asarlarida Qur'ondan oyat, hadis keltiradi, «bismilloh» bilan boşlaydi, deyişadi.

Unda Alişer Navoiyni ham tanqid etamizmi? Axir, hazratning har satri hikmat-ku! Adabiyot asli «Odobul kulliyot» (odoblar kulliyoti) deyiladi-ku! Adabiyot odamlar tarbiyasiga, xalqqa Allohning buyruqlarini yetkazişga xizmat qilişi kerak.

— Texnologiyalar rivojlanişi bilan muloqot jarayonida özbek tilining buziliş holatlari, savodsizlik kuçayib bormoqda. Bu muammoni yeçişda qanday amaliy işlar qilinmoği kerak?

— Til eng uluğ ne'matlardan biri. Bugun ziyolilar, ota-onalar yoş avlodning savodxonligidan taşvişga tuşmoqdalar. Özbek tiliga davlat maqomi berilganda barça xursand bölgan edi. Öşa paytlar odamlar asosan rusça qöşib gapirsa, hozirda umuman tuşunarsiz sözlar qöşib gapiriş urf bölgan. Bunday muammolar hukumat qarorlari bilan emas, insonning farosati, savodini oşiriş bilan bartaraf etiladi.

Haqiqatan, tilga e'tibor — elga e'tibor. Ba'zida ma'nosini bilmagan holda sökinayotganlarni eşitib qolamiz. Ayol öz bolasini «juvonmarg bölgur» deb koyiydi. Agar ma'nosini (yoşligingda ölib ket) bilganida bunday deb sökmas edi. Xalqimiz qadimdan koyiş sözlarini ham yaxşi niyat bilan ifodalagan: «juvonmarg bölmagur», «qurib ketmagur».

— Tarixni adabiyot orqali örganiş kerakmi? Nima uçun hozirgi kunda tarixiy romanlar deyarli yozilmayapti?

— Sovet davrida «tarixiy asar yoziş mumkin emas» deb oçiq aytişardi. Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar»ni yozganlarida ön yil çiqarişmadi. Şarof Raşidov öqib, mas'uliyatni zimmamga olaman, degandan söng çiqdi. Mustaqillikdan söng yaxşi tarixiy asarlar yoziladi, deb öylagan edim. Lekin buni kitobxon yaxşi qabul qilmayapti.

Buning sabablari bor. Tarixiy asar yoziş uçun tarixning özini biliş yetarli emas. Öşa tarixning ruhiga ham kiriş kerak. Amir Temur haqida yozadigan odam Islomni yaxşi biliş kerak. Bir tanişim tarixiy asar yozaman deganlarida, siz avval namozni tuşuning, degan edim. Asar qahramoni 5 rakaat namoz öqiydi. Ba'zilar beş vaqt bilan beş rakaatning farqiga bormas ekan…

Jahon adabiyotida köp yillardan beri tortişuv bölib keladi: tarixiy asarda tarixiylik kuçli bölişi kerakmi yo badiiylik? Men badiiylik tarafdoriman. Maşhur rus yozuvçisi aytganidek, «tarixiy dalil tugagan joyda tarixiy asar boşlanadi». Tarixiy dalillarni tarix kitoblaridan ham öqiş mumkin. Badiiy asarning vazifasi muşohadaga çorlaşdir. Bunga quruq dalilning özi bilan erişib bölmaydi.

«Alişer Navoiy» degan asarni bilasizlar. Undagi Guli bilan Navoiy muhabbati mutlaqo notöğri va bema'ni. Çunki podşoh bilan vazirning bir qizni talaşişi men uçun bema'nilikdir. Tarixiy asarda ham töqima bölsin, lekin bunaqa bema'ni, işonarsiz töqima bilan asarning ma'nosiga putur yetkazmaslik kerak.


— Yozuvçilik tuğma qobiliyatmi yoki mehnat mahsuli?

— Rus yozuvçisi Maksim Gorkiy bu haqda «1 foiz talant, 99 foiz mehnat» degan. Alloh taolo ato etgan iqtidor bölmasa bu narsaga erişiş juda qiyin. Muhimi ana şu zehnni tarbiyalay bilişda. Men bir asarni boşlaşdan oldin özimni yoş yozuvçi deb tasavvur qilaman, agar taniqliligimni unutmasam yaxşi yozolmayman. Yozuvçilarga şuhrat yomon ta'sir qiladi.

Men olim emasman, olimlarning muxlisiman. Sizlarga nasihat qiliş, aql örgatiş niyatim yöq. Çunki öquvçilarim orasida mendan köra aqlli, bilimlilari köp. Yozayotganda şunga e'tibor beraman.

— Asarlaringizni yozişda Islom dinining ta'siri, örni qay darajada?

— Men eski davrlarda ham qölyozmalarimni «bismilloh»dan boşlab yozardim (albatta bu qismi bosma asarda çiqmas edi). U paytlarda Islom dinini örganiş juda qiyin edi.

Ateistlarning kitobini öqirdim. Ular dinni tanqid qilişda Qur'oni karimdan oyatlar keltirişardi. Men şunisini olardim xolos. Moskvadagi bir döstim Bolgariyaga organda unga Qur'oni karimning rusça tarjimasini sovğa qilişgan ekan.

Döstimga kitobning fotonusxasini (u paytlar kserokslar yöq edi) olib ber, desam u köçirib çiqişni maslahat berdi. Moskvaga ikki oyga borgan edim. Ijodiy işlarimni bir çetga surib, kitobni köçirişga tuşdim. Kitobni olib, ön kundan söng uyga qaytdim.

Köçirib bölib, döstimga telefon qildim, kitobni poçtadan yubormoqçi böldim. Döstim: «Sen qanday musulmonsan? Şu kitobni poçtadan yuborib böladimi», deb tanbeh berdi. Kitobni olib ertalab Moskvaga uçib, keçki reysda qaytib keldim. Şunda içimga bir ruh tuşgan edi.

Kitoblarimni «Bismillahir rohmanir rohim» bilan çiqariş katta orzum edi. Sovet senzorlarini aldaşga majbur böldim. «Sönggi öq» romanim bismilloh bilan oşlanadi. Faqat muallif nomidan emas, qahramon nomidan: — Bismillohir rahmonir rahim — Jahongir şunday dedi-da, miltiqni öqladi…Şundan söng Alloh işimni önglab, bismilloh bilan çop etilişda davom etdi.


— Hozirgi kunda ham xuddi «Şaytanat» kabi ommabop bölgan biron asar yozişni rejalaştirganmisiz?

— 1974 yili Mirzo Uluğbek hayotidan «Falak» degan asar yozgan edim. U paytlar tarixiy asar yoziş mumkin bölmagani uçun fantastikaga boğlab çiqargandim. Uni davom ettirmoqçi böldim. Tajribam yetmadi, ruhan tayyor emasdim.

Hozir şu asarni töldiriş ustida işlayapman. Bu asar tarixiy yönalişda böladi.

— Hozirda saviyasi past bölgan naşrlar köpayib ketgani bor gap. Ularning saviyasini oşirişda kitobxonlar nima qilişi kerak?

— Hozirda kitoblar juda köp çop etilmoqda. Lekin öqimişlilik darajasi haqida ijobiy fikr aytiş qiyin. Detektiv yoziş oson deyişadi. Hozir köpçilik yozib yotibdi. Yozuvçi yozayotgan mavzusini juda yaxşi bilmoği kerak.

Bir naşr men bilan suhbatga öz muxbirini yuborib, «Tohir akadan söranglar, gazetamizni nima qilsak, yaxşi böladi. Şuni ham bilib kel», deb tayinlabdi. Men ularga hazil aralaş javob berdim: «Gazetangizni yopsangiz yaxşi böladi».

Qayerda san'at, adabiyot pulga xizmat qilar ekan, ulardan xayr kutib bölmaydi. Televizorda kino, qöşiqlarni tanqid qilişadi-yu, özlari öşa bema'ni film va aşulalarni efirga qöyişadi.

— Kitob, axborot texnologiyalari kitob örnini bosa oladimi?

— Bizda har bir oilada ham kompyuter yöq. Ularning hammasida ham internet mavjud emas. Undan hamma ham foydalana olmaydi (masalan, men ham). Kitob heç qaçon internetga öz örnini böşatib bermaydi.

Yaponiyada sunami bölganda körsatişgan edi. Katta bir zalda yotgan yoş yigit kitob öqiyapti. Şunça musibatdan söng ham u kitob öqişga mayl topa oldi. Şu payt Yaponiya imperatori kelib, öşa bolaga ta'zim qilib salom berdi. Mana, ilmning şarafi qayerda.

Kitobim – oftobim, deymiz. Lekin kompyuterni oftob deyolmaymiz, u elektr tokisiz işlamaydi. Sizning ilm yölidagi qilgan harakatingiz, Alloh yölida yozilgan kitoblarning har bir sahifasidan olgan ilmingiz uçun Özi ajrlar yozsin!
Davronbek Tojialiyev yozib oldi.