“Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2015 yil yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.
Yiğilişni “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Açilboy Ramatov olib bordi.
Ma'lumotlarga köra, ötgan yili yölovçi aylanmasi hajmi 3793 mln. yölovçi-km.ni taşkil etib, 20,7 mln. yölovçi öz manziliga yetkazildi.
Temir yöl stansiyalaridan 67,7mln. tonna yuk taşildi. Eksport xizmatlari körsatkiçi 347,7 mln. AQŞ dollar miqdoriga teng bölib, bu prognozga nisbatan 100,2 foizni taşkil etgan. Sanoat korxonalarida taqqoslama narxlarda 388,2 mlrd. sömlik mahsulot işlab çiqarildi. Aholiga pullik xizmat körsatiş turlarini köpaytirişga katta ahamiyat berilib, 2015 yilda bu körsatkiç 323,8 mlrd. sömni taşkil etdi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi PQ-2264 sonli qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq «Özbekiston temir yöllari» AJda moliyalaşning barça manbalari hisobidan 2015 yil prognozi 734, 9 mln. AQŞ dollar mablağ özlaştiriş közda tutilgan edi. Yiğilişda ötgan yilda uşbu yönalişda 17ta loyiha böyiça, jami 755,16 mln. AQŞ dollari miqdorida yoki prognozga nisbatan 102,8 foiz kapital mablağlar özlaştirilganligi aytib ötildi.
Harakat xavfsizligini ta'minlaş, yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş maqsadida sohada modernizatsiya va rekonstruksiya işlari muhim masala hisoblanadi. Bu borada 2015 yilda 105ta lokomotiv seksiyalari ta'mirlanib, 1258ta vagonning xizmat muddati uzaytirildi. 240 km. temir yöl reabelitatsiya qilinib, 98,5 km. yangi temir yöl qurilgani alohida qayd etib ötildi.
Quyuv mexanika zavodida 2015 yilda yangi 50 ta yopiq hamda 278 ta yarim oçiq vagoni şlab çiqarildi. Andijon mexanika zavodida 4 öqli yangi vagon sisternalarini işlab çiqariş davom ettirildi.
Xisobot davrida 50 dona yangi vagon-sisterna va 272 yarim oçiq vagon işlab çiqarilgani qayd etildi. Sohada ijtimoiy yönalişda olib borilgan işlar, ya'ni ijtimoiy obektlarini saqlaş va rivojlantiriş masalasiga alohida ahamiyat berildi. Şuningdek, “Keksalarni e'zozlaş yili” Davlat dasturining ijrosini ta'minlaş borasidagi işlar muvaffaqiyatli amalga oşirilganligi aytib ötildi.






