Qozoğiston çempionatining "Taraz" klubi hujumçisi, ukrainalik Aleksandr Pişur faoliyatini Özbekiston Oliy ligasi iştirokçisi "Navbahor"jamoasi safida davom ettiradi.

Özbek futbol muxlislariga "Bunyodkor"dagi iştiroki bilan taniş bölgan Pişur 2015 yilda Qozoğiston çempionatining 32 uçraşuvida 9ta gol urişga muvaffaq bölgan.

U 26 yanvar kuni 35 yoşga töladi. Pişur "Bunyodkor" jamoasidagi faoliyati davomida, 2013-2015 yillarda 50ga yaqin uçraşuv ötkazib, 70ta gol urgandi va jamoaning eng yaxşi töpurarlaridan biriga aylangandi.

Ma'lumot uçun, ötgan mavsumda Namanganning "Navbahor" jamoasi Oliy ligada sakkizinçi örinni egalladi.