Mutaxassislar Mayami-Biçda maşhur kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobarga tegişli bölgan danğillama hovlini buzib taşlaş işlarini boşlaşdi. Bu haqda NBC News xabar bergan.
"Men u iblisning uyi köz öngimda vayron qilinayotganidan xursandman. Bu jinoyatçilik tarixidagi ajoyib voqealardan biridir", deydi bu mulkning hozirgi xöjayini Kristian de Berdua.
U öz rafiqasi bilan birgalikda bu mulkni 2014 yilda 9,65 mln dollar evaziga xarid qilişgan. Ular xariddan oldin uyning sobiq egasi haqida bilişmagan. Berduaning aytişiça, rafiqasi bu haqida bilib qolganida, ibodatxonaga borib, rohibga tavba qilgan.
Öz navbatida, binoning buzilişi davomida maxsus guruh hujjatli film uçun lavhalar oladi va binoda qolib ketgan bölişi mumkin "xazinani izlaydi".

Qayd etiş kerakki, Eskobarning özi bu uyda yaşagani aniq emas.
Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari Eskobarga aloqador kişilar bu uyga "eski işlar" tufayli yana qadam ranjida qilişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Ma'lumot uçun, Pablo Eskobar Ötgan asrning sönggi 20 yilligida AQŞda Janubiy Amerikadan keltiriladigan giyohvand moddalarni tarqatuvçi jinoiy kartel taşkil qilgandi. U 1993 yilda maxsus xizmat vakilllari bilan otişma vaqtida öldirilgan.







