2015 yilning 12 oyida Özbekistonda oziq-ovqat sanoatining rivojlaniş yakunlari böyiça hisobot e'lon qilindi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi axborot xizmati xabar bergan.

Real sektor korxonalarida işlab çiqarişni modernizatsiya va diversifikatsiya qilişni rağbatlantiriş hamda qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilgan çora-tadbirlar oziq-ovqat tovarlari işlab çiqarişning ösişini ta'minladi. 2015 yilning yanvar-dekabr oylarida oziq-ovqat sanoatida işlab çiqariş umumiy hajmi 16729,2 mlrd sömni, ösiş sur'ati esa ötgan yilga nisbatan 114,4 foizni taşkil etdi. Tarmoqning respublika sanoat işlab çiqariş umumiy hajmidagi uluşi 2014 yilning yanvar-dekabridagi – 17,1 foizdan 18,2 foizga yetdi.

2014 yilga nisbatan mahsulotlar işlab çiqariş hajmi şakar sanoatida – 23,7 foizga, meva va sabzavot sanoatida – 17,9 foizga, göşt va sut sanoatida – 5,7 foizga, yoğ va moy sanoatida – 3,7 foizga ösgani kuzatildi.

Hisobot davrida, ötgan yilning tegişli davriga nisbatan, tarmoqning yirik korxonalari tomonidan işlab çiqariş hajmlari quyidagi mahsulot turlari böyiça oşirildi: göşt konservalari – 8,0 martaga, göşt va ösimlik konservalari – 2,0 martaga, şinni (melassa) – 40,9 foizga, margarin va spredlar – 16,5 foizga, marmelad, jyele – 20,2 foizga, uzoq saqlanmaydigan qandolat mahsulotlari – 17,8 foizga, şakar – 16,3 foizga, uzoq saqlanmaydigan boşqa non mahsulotlari – 14,0 foizga, işlov berilgan suyuq sut – 11,4 foizga, saryoğ – 7,9 foizga, buğdoy noni – 6,3 foizga.

Şuningdek, 2014 yilga nisbatan, spirt nastoykalari (113,4 foiz), pivo (105,3 foiz) işlab çiqariş hajmi oşdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş hajmining asosiy qismi Toşkent şahri (tarmoqning umumiy hajmidagi uluşi 22,2 foiz), Toşkent (18,2 foiz), Samarqand (13,4 foiz) va Farğona (6,5 foiz) viloyatlari korxonalari hissasiga töğri kelmoqda.

Tarmoqdagi kiçik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan mahsulot işlab çiqariş hajmining 2014 yilning şu davriga nisbatan 14,3 foizga oşişi ta'minlandi, hamda ularning oziq-ovqat sanoati jami hajmidagi uluşi 69,0 foizni taşkil etdi.

2015 yilda respublikada 1501ta oziq-ovqat sanoati korxonalari yangidan taşkil qilingan, 2016 yil 1 yanvar holatiga respublikada tarmoqning 8711ta korxonasi faoliyat körsatmoqda.