Italiyaning «Napoli» jamoasi boş murabbiyi Mauritsio Sarri özini gomofobiya xastaligiga çalinmaganini va «Inter» boş murabbiyi Roberto Mançini bilan Italiya Kubogining 1/4 finalida (0:2) sodir bölgan voqeada emotsiya berilganini ta'kidladi.
Uçraşuvdan keyin Mançini Sarri uni noşud (gomik) deb atagani va bundaylarni futboldan çetlatiş kerakligini ta'kidlagandi.
«Maydonda bunday vaziyatlar uçrab turadi. Menga hakam huştagi çalingaç, raqib boş murabbiyiga qöl berib qöyişni örgatişgan. Stress holatida nimadir bölgan bölişi mumkin, lekin yeçiniş xonasida uning yoniga borib, uzr söradim. Bor gap şu yerda tugaşi kerak edi», deydi Sarri.
«Hozir meni gomofobiya xastaligiga çalinişda ayblamoqda. Şunçaki meni miyamga birinçi bölib şu söz kelib qoldi. Keyingi safar men uni demokrat deb atayman».
«Menda bunday tipdagi döstlar köp, şunday ekan men gomofob emasman. Diskvalifikatsiya qilinamanmi? Nima uçun? Bu boşqalarda bölgani kabi odatiy tahdid. Mançini meni qari tulki deb atadi, demak u ham qariyalar nisbatan irqçi böladimi? Men uning oldidan ötib, uzr söradim. Oçiği, öşa paytda uni aynan nima deb çaqirganimni rostan ham eslay olmadim», deya Sarridan iqtibos keltiradi Football Italia naşri.
Roberto Mançini: Sarri kabi murabbiylarga futbolda örin bölmasligi kerak






