Germaniyaning «Volfsburg» klubi kibersport yönalişidagi faoliyatini kengaytirganini e'lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Klub FIFA 16 böyiça ingliz geymeri Devid «DaveBtw» Bayzevey bilan şartnoma imzoladi. Bundan taşqari «Volfsburg» geymerlar uçun stullar yasab beruvçi NEEDforSEAT kompaniyasi bilan ham şartnoma imzolagan.

«Bu bu yönalişda nemis klublari içida yetakçi bölişni istaymiz. Bizning maqsadimiz real va virtual futbol örtasidagi boğliqlikni yana rivojlantirişdan iborat.

FIFA yildan yilga barçasini real futbolga öxşatib bormoqda va fanatlar hamda professional futbolçilar orasida ommalaşib bormoqda», – deya ta'kidlagan «Volfsburg» sport direktori Klaus Allofs.

Oldinroq «Volfsburg» Benedikt «Salz0r» Saltser bilan şartnoma imzolagandi. U bir neça marotaba FIFA öyinida klub nomidan iştirok etgan.

Tez orada ikkala kibersportçilar Go4Cup va Gfinity onlayn-çempionatlarida iştirok etişadi. Saltser 22-24 yanvar kunlari Germaniyada bölib ötadigan Dreamhack Leipzig musobaqasida ham iştirok etişi közda tutilgan.

Qayd etib ötiş joiz, Devid «DaveBtw» Bayzevey 1993 yilda Angliyada tuğilgan. FIFA (FIWC) ning 2014 yilda Rio-de-Janeyroda taşkil etilgan jahon çempionatida vitse-çempion unvonini qölga kiritgandi.