Xalqaro valyuta jamğarmasi MDH davlatlari iqtisodiyotlarining 2016-2017 yillarda ösiş prognozlarini pasaytirdi. Jumladan, yangilangan jahon iqtisodiyoti şarhida (World Economic Outlook Update, WEO) aytilişiça, 2016 yili Rossiyada YaIM ösişi 1 foizni taşkil qiladi, bu esa oktabrdagi başoratlardan 0.4 foizga kamroqdir.

2015 yil yakunlariga köra Rossiya YaIMining tuşişi 3.7 foizga baholandi. 2017 yilda Rossiya iqtisodiyoti 1 foizga ösadi.

MDH davlatlari iqtisodiyoti esa 2016 yilda umuman ösmaydi, ya'ni nol darajadagi ösiş kuzatiladi (noyabr prognozlaridan 0.5 foizga kam), 2017 yilda 1.7 foizga ösadi (0.3 foizga tuşirilgan). Rossiya inobatga olinmagan taqdirda hisobot davrida MDH davlatlaridagi ösiş 2.3 va 3.2 foizni taşkil qiladi (0.5 va 0.8 foizga kamaytirildi).
Şuningdek, jamğarma ekspertlarining fikriça, jahon miqyosida YaIM ösişi 2016-2017 yillarda 0.2 foizga pasayib, 3.4 va 3.6 foizni taşkil etadi.