Çili terma jamoasi boş murabbiyi sifatida işlab kelgan Xorxe Sampaoli Çili Futbol federatsiyasi bilan şartnomani bekor qilgan va öz lavozimini tark etgan.

55 yoşli uşbu argentinalik mutaxassis Amerika Kubogidagi muvaffaqiyat uçun berilişi közda tutilgan bonuslardan voz keçgan.

"Biz endi 2018 yilda Rossiyada ötkaziladigan jahon çempionatiga boriş yölidagi harakatlarimizni belgilab olişimiz kerak", degan futbol federatsiyasi rahbari Arturo Salah.

Sampaoli Çili terma jamoasini 2012 yildan buyon boşqarib kelmoqda edi. Uning murabbiyligidagi jamoa 2014 yilda Braziliya maydonlarida ötkazilgan mundialda çorak finalgaça bordi va penaltilar seriyasidagina mezbonlarga mağlub böldi.

2015 yilda Çilida ötkazilgan Amerika Kubogi turniri esa çililiklar ğalabasi bilan yakunlandi.

Sampaoli 2015 yilning eng yaxşi murabbiyi böliş uçun asosiy uç nomzod qatorida böldi.