“Yulduzlar jangi” kinosagasining sakkizinçi epizodi 2017 yil 15 dekabrda katta ekranlarda namoyiş etiladi. Bu haqda Walt Disney kompaniyasi saytida xabar qilindi. Stsenariy muallifi va kartina rejissyori Rayan Jonson şu yilning fevralida Londonda tasvirga oliş işlariga kirişadi.
Premeraning yetti oyga surilişi yettinçi epizodning favqulodda muvaffaqiyatga erişgani bilan izohlandi. Avvaliga navbatdagi film 2017 yilning 26 mayida namoyiş qilinişi rejalaştirilgan edi.
2016 yil dekabrida “Yulduzlar jangi: Quvğin” filmining premerasini ötkaziş rejalaştirilgan. Spin-off (muvaffaqiyatga erişgan kino epizodlaridan foydalanilgan boşqa badiiy ijod namunasi) yaratuvçilari kartina kinosaganing navbatdagi barça filmlariga qaraganda real hayotga yaqinroq bölişiga va'da berişmoqda.
Dekoratsiyalar va qahramonlarning taşqi qiyofasi ustida işlagan dizayner Nil Skanlanning qayd etişiça, yangi tasmaning haqiqatga yaqinligi droidlar va özga sayyoraliklar tasvirini yuqori darajaga olib çiqilgani ta'minlaydi.
“Quvğin”da tasvirlanadigan voqealar “Sitxlar intiqomi”dan “Yangi umid”gaça bölgan hodisalar (uçinçi va törtinçi epizodlar)ni öz içiga oladi. Boş qahramonlar “Ölim yulduzlari” çizmalarini öğirlaş uçun birlaşgan kuraşçilar böladi. Yanvar oyida ayrim Ğarb OAVlari spin-offda Dart Veyderning çiqişini ham ma'lum qilişgan edi, ammo bu hozirça tasdiqlangani yöq.






