AQŞning IŞIDga qarşi harbiy kampaniyasi xarajatlari 2014 yil sentabridan 5,5 mlrd dollarni taşkil qilgan. Bu haqda Iroq va Suriyada aksilterrorçilik operatsiyasida iştirok etayotgan AQŞ qöşinlari guruhining rasmiy vakili Stiv Uorren ma'lum qildi. Uorren Bağdoddan uyuştirilgan teleköprik yordamida Pentagon matbuot markazida yiğilgan jurnalistlar bilan matbuot anjumani ötkazdi.
“Terrorçilarga qarşi kuraşga har kuni 11 mln dollar sarflanmoqda”, deb aytdi Uorren hamda operatsiya davomida AQŞ harbiy samolyotlari 65492 ta jangovor parvoz amalga oşirgani va IŞIDning pozitsiyalariga 9782 ta zarba berganini ma'lum qildi.
Bu zarbalardan uçdan ikki qismi Iroq hududiga, qolgani Suriya hududiga töğri kelgan. Pentagon agar bir neçta samolyot bir vaqtda bir nişonga zarba bergan bölsa, buni bitta zarba deb qabul qiladi. “2015 yil mayidan koalitsiya IŞIDning yuqori va örta böğindagi 95 yetakçisini va bir neça ming oddiy jangarini yöq qilgan”, deb qöşimça qildi Uorren.
AQŞ jangarilarning Iroqdagi pozitsiyalarini 2014 yil 8 avgustidan, Suriyadagi pozitsiyalarini esa 23 sentabrdan boşlab bombardimon qilişni boşlagan. Iroqdagi jangovor harakatlarda AQŞ aviatsiyasi bilan birga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Iordaniya, Kanada, Niderlandiya va Fransiya, Suriyada esa Avstraliya, Bahrayn, Buyuk Britaniya, Iordaniya, Kanada, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Fransiya samolyotlari iştirok etmoqda.






