Bir qator britaniyalik tennisçilar bukmekerlik idoralaridan boşqa sportçilarning holati haqida axborot bergani uçun pul olişgan, deya xabar bermoqda The Times.

Manbada aynan qaysi tennisçilar bu işda iştirok etişgani haqida aniq ma'lumot berilmagan.

Ammo ular Uimbldon musobaqasi oldidan tennisçilarning holati, ularning jarohati böyiça axborot ulaşişgan. Ma'lumotlar öyinlarga stavka belgilaş jarayonida kerak bölgan. Qayd qilinişiça, tennisçildar bu işlari uçun turnir sovrin jamğarmasida yutişi mumkin bölgan puldan köproq mablağ işlab topişgan.

Eslatib ötamiz, oldinroq dunyo tennis tasnifining kuçli 50taligiga kirgan 16 nafar tennisçi va bundan taşqari özbekistonlik Denis Istomin ham kelişilgan öyinlarda iştirok etişda gumon qilingani haqida xabar tarqatilgandi.