Çililik tennisçi öz şaxsi sir tutilişini söragan holda mahalliy naşrlarga intervyu berib, özining doimiy ravişda kelişilgan öyinlarda iştirok etib kelgani haqida ma'lum qilgan. Uning aytişiça, u özining iqroridan afsuslanmaydi. Sportçi kiçik miqyoslardagi turnirlarda şunday işlarda iştirok etib kelganini bildirgan.
Bundan oldinroq, Show Legend portali sönggi 10 yil davomida xalqaro tennis reytingida kuçli 50 talikdan joy olib, tennisdagi kelişilgan öyinlarda qatnaşgani gumon qilinayotgan 16 nafar tennisçining ismini oşkor etgandi. Ularning ba'zilari "Katta dubulğa" turkumidagi turnirlarda qinğir işlarni amalga oşirgani gumon qilingan.
Çililik tennisçi şuningdek, Xalqaro tennis federatsiyasiga anonim maktub yöllagan.
«Men professional tennisçiman, menda ATP tasnifida töplangan oçkolar bor. Men asosan «Fyuçers» va «Çellenjyer» tasnifidagi turnirlarda iştirok etganman. Faoliyatimni endi boşlagan paytlarimda menga bir odam kelgan va «Fyuçers» tasnifidagi turnirning birinçi bosqiçida mağlubiyatga uçraşim uçun 1,5 ming dollar taklif qilgan. Men bu taklifni rad etganman va uçraşuvda ğalaba qozonganman. Oradan bir hafta muddat ötib, menga endi 2 ming dollar taklif qilişgan. Men bunga rozi bölganman, biroq butunlay şubha bilan qaraganman. Men faqatgina ikkita geymda ğalaba qozonganman. Çöntagimda esa mukofot jamğarmasidan tekkan 117 dollar pul va taklif qilingan 2 ming dollar bor edi», – deydi sportçi.
«Keyinçalik men ota-onamning moddiy yordamiga qarab qolmaslik uçun juda köplab öyinlarni sotişda iştirok etdim. Men bugun ham bu işni qilişni davom ettirmoqdaman. Ayniqsa, sentabrda eng köp marta bu işni amalga oşirdim. Buning uçun heç kimga e'tiroz bildirmoqçimasman va bundan puşaymon ham emasman. Çunki bu zaruriyat. Taşkilotçilar turnir sovrin jamğarmasini oşiriş imkoniyatiga ega emas. Şuning uçun, men va mening hamkasblarim öyinlarni sotişda davom etişmoqda», deya tennisçining sözlaridan iqtibos keltiradi 24horas.cl internet naşri.
Özbekistonning birinçi raketkasi Denis Istomin kelişilgan öyinlarda iştirok etgani gumon qilinmoqda
Britaniyalik tennisçilar boşqa sportçilar haqidagi ma'lumotlarni bukmekerlik idoralariga pullaşgan






