Özbekistonlik murabbiy Furqat Esonboyev "Futbol Ekspress" gazetasiga olimpiya terma jamoamizning U23 Osiyo çempionatidagi iştiroki haqida öz fikrlarini bildirdi.

"Natijaga javob beradigan murabbiy bor. Nimaga bunday bölganligi haqida endi u javob berişi kerak. Nega "Paxtakor"ning futbolçilari termadan köpayib ketdi? Yigitlar esa öyinga tayyor emas edi. Masalan, jarohati tufayli köp uçraşuvlarda öynamagan öyinçini asosiy tarkibga tuşirdi. Öyin amaliyotisiz qolgan futbolçilar maydonga tuşirganidan keyin natija ham şunga yaraşa böladi-da!

Endi nima qiliş kerak? Hozir bu haqda gapirsam unisi yoki bunisi oyoğimga bolta urişadi. Özi şundoq ham töğrisini gapirganim uçun heç qayerda işlayotganim yöq. Har qanday murabbiy ham xato qiladi. Mana, Mourino ham xato qildi. "Çelsi"dan ketgaç, uning örniga Xiddink keldi. Natija asta-sekin yaxşilanayapti. Xöş bu nimaning hisobiga? Demak, bu vaziyatda köproq murabbiy aybdor. Xorij klublarning yutuqlari yoki kamçiliklari haqida oğiz köpirtirib gapiramizu, lekin özimiznikiga kelganida oqsab qolayapmiz. Biz avval özimiznikini eplab olişimiz darkor, - deydi Furqat Esonboyev.

Rustam Akramov: "Babayanga turnirda qatnaşiş tajribasi yetişmadi"

Sayfiddin Ermatov: "Özbekiston OTJni Nuraliyev boşqarişi kerak edi"