Moldova Tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi şoşilinç tibbiyot bölimi boşliği Igor Kurov Moldova parlamenti oldidagi norozilik namoyişlarida 15 kişi jarohat olganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik naşri.
“Oxirgi ma'lumotlarga köra, tez tibbiy yordam şifoxonasiga 15 kişi yetkazilgan, ulardan 9 nafari politsiyaçi va 6 nafari fuqarolar. Ular tayanç-harakatlaniş apparati va boşlaridan örta oğirlikdagi jarohatlar olganlari aniqlangan”, deb aytdi Kurov.
Kurovning aytişiça, öng sentristlar faoli Kirill Motspanning boşi yorilgan. Şuningdek, bir guruh namoyişçilar Liberal partiya yetakçisi Mixay Gimpga jarohat yetkazganlar.
Moldova poytaxti Kişinyovda parlament oldida boşlangan ommaviy norozilik namoyişlari betartibliklar va politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketgan. Namoyişçilar Pavel Filip boşçiligidagi yangi hukumatning tasdiqlanişiga qarşi çiqişgan. Bundan avval parlament yiğilişida parlament mamlakat aloqa vaziri Pavel Filipni boş vazir etib tayinlanişini qöllab-quvvatlagandi hamda uning dasturi va hukumat tarkibini tasdiqlagandi.






