Ozoda Nursaidova Dilfuza Ismoilovaning aybloviga javob qaytardi.

Bundan oldinroq, xonanda Dilfuza Ismoilova bir restoranda raqsga tuşayotgan suratlari tarqalgani uçun hamkasbi Ozoda Nursaidovani ayblagan edi.

Dilfuza Ismoilova 14 yil avval Ozoda Nursaidovaning onasi tavalludi munosabati bilan ötkazilgan tadbirda iştirok etgani va bu suratlar öşa tadbirning videosidan «stop kadr» qilib olinganini aytgandi. «Qalampir.uz» sayti bu vaziyat yuzasidan Ozoda Nursaidovaga murojaat qilgan.

«14 yil avval men heç qanday yiğin qilmaganman. Bu haqda gapirayotgan odam yilini aniq bilib gapirişi kerak. Bu xabarni eşitgaç, avvaliga Dilfuza Ismoilovani qaçondir biror yiğinga taklif qilganimni eslay olmadim. Onamning tuğilgan kunlari bundan 8 yil avval, ya'ni 2008 yilda Toşkentdagi "Marrakeş" restoranida nişonlangan edi. U marosimda men qatnaşmaganman. Öşa davrada olingan video tasvirlar ham, fotosuratlar ham menda saqlanib qolmagan.

Mening birovning suratini tarqatişdan boşqa işim yöqmi? Keyin xonanda Dilfuza Ismoilovaning suratlarini ataylab tarqatiş şart emas, u hamma töylarda şunday raqsga tuşadi. Dilfuza Ismoilova mening nomimdan piar sifatida foydalanibdi. Menimça, bu atayin uyuştirilgan reklama.

Men ham nomimdan foydalanib, özini reklama qilayotganlarga qonuniy çora köraman», — dedi Ozoda Nursaidova.

Manbaning eslatişiça, ötgan yilning kuzida Telegram, WhatsApp kabi messenjerlarda xonanda Dilfuza Ismoilovaning öz öğli töyidagi raqslari va qudalari qarşisidagi «tabrigi» tasvirlangan videolar ham tarqalgan edi.

Dilfuza Ismoilova öz suratlari tarqalişida Ozoda Nursaidovani aybladi