Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolçisi Lionel Messi va uning otasi Xorxe Orasio Messining soliqlarni tölamaganlikda ayblanayotgan sud eşituvi 31 may kuni boşlanadi va 3 iyunga qadar davom etadi, deya xabar bermoqda Kataloniya Oliy sudi matbuot xizmati.
Lionel 2007, 2008 va 2009 yillarda topgan daromadi uçun soliq tölamagan. Oldinroq u Ispaniya ğaznasiga 10 mln yevro tölagan va unga nisbatan jinoiy iş oçilmasligi uçun yana 15 mln yevro tölaşga tayyorligini ma'lum qilgandi, biroq mahalliy hokimiyat bunga rad javobini bergandi.
Adliya idoralarining hisob-kitob qilişiça, Messi va uning menejyeri sifatida faoliyat yuritgan otasi 4,1 mln yevro miqdorida soliq tölamagan. Ularning ikkalasiga ham mazkur qilmişi uçun 22,5 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi berilişi mumkin.
Messi Ispaniyada soliqlardan böyin tovlaganlik uçun sud qilinadi






