Suriya harbiy-havo kuçlari dekabr oxiridan beri jangarilarning 1662 ta obektini, jumladan qömondonlik punktlari va snaryadlar işlab çiqaruvçi yaşirin zavodni yöq qildi, deb xabar bermoqda Suriya armiyasi qömondonligi bayonotiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Suriya HHK Damaşq, Xoms, Xama, Idlib, Halab va Daur-az-Zaurda terrorçilik guruhlarining 1662 ta obektini yöq qildi. Ötgan oyning 27-sanasidan bugungi kungaça HHK 481 ta jangovor parvoz amalga oşirdi”, deyilmoqda bayonotda.

Idlibda jangarilarning raketalar otilişi boşqarilgan qömondonlik ştabi, 4 ta qömondonlik punkti, öq-dorilar işlab çiqaruçi zavod yöq qilindi.

Halabda Suriya HHK 3 ta qurol-aslaha ombori, qömondonlik punkti va pulemyotlarga ega bir neçta yöltanlamas avtomobilllarni yöq qildi.

Şuningdek, harbiylar Suriya armiyasi Rossiya va Suriya jangovor aviatsiyasi hamda xalq laşkarlari kömagida bir neça viloyatlarda hujumni davom ettirmoqda. Xamada 15 ta qişloq ozod qilingan, Xomsning janubi-şarqidagi Mxin qişloği hududida hujumga ötilmoqda. Harbiylar, şuningdek, 40 jangari yöq qilinganini ma'lum qilişdi.