Google kompaniyasi 2014 yilda Apple`ga iOS operatsion dasturida öz qidiruv tizimidan foydalanişi uçun bir millard dollar töladi. Şuningdek, Google iOS qurilmalari hisobidan ega bölgan daromadining ma'lum bir qismini ham Apple hisob raqamiga ötkazib turdi.
Bu haqda Google va Oracle kompaniyalari örtasida bölib ötayotgan sud jarayoni vaqtida ma'lum böldi. Sud jarayonida Google daromadining 34 foizini Apple hisobiga ötkazgani oşkor qilindi.
Biroq Google advokati mazkur ma'lumotlar e'lon qilinganiga qarşi çiqib, sud stenogrammasidan 34 foizlik ma'lumotning öçirib taşlanişini talab qildi. Oracle va Google örtasidagi sud 2010 yildan buyon davom etib kelmoqda. Oracle Google`ni Android operatsion sistemasida Java`dan foydalanganlikda ayblab, milliard dollar jarima tölanişini talab qilmoqda.






