Latviya prezidenti Raymond Veyonis yuragida ötkazgan operatsiyadan keyin salomatlik böyiça şifokorlik komissiyasi va mehnatga layoqatlilik ekspertizasiga uning yurak klapanida ötkazilgan operatsiyadan keyingi ahvoliga baho beriş va nogironlik oliş böyiça murojaat qilişi mumkin, deb xabar bermoqda Delfi naşri.

Bu komissiya boşliği örinbosari Maris Andersonsning aytişiça, agar bemorning yurak klapani protez bilan almaştirilsa, unda unga nogironlik beriladi. Biroq şunga qaramasdan, Veyonisning özi komissiyaga murojaat qilişi kerak. “Zöravonlik bilan nogironlik berilmaydi”, deb aytmoqda Andersons.

Latviya prezidenti eng yengil hisoblanuvçi 3 guruh nogironligini olişi mumkin. Andersonsning ta'kidlaşiça, bunday operatsiyalardan keyin odamlar normal işlay olişi mumkin va nogironlik ularning mehnat qobiliyatiga albatta ta'sir qilmaydi.

Avvalroq Veyonis operatsiyadan keyin huşiga kelgani ma'lum qilingandi.