Rossiya adliya vazirligi notijorat taşkilotlari töğrisidagi qonunda “siyosiy faoliyat” tuşunçasini aniqlaştiriş borasida takliflar kiritdi. RBK naşrining xabar berişiça, yangi özgartişlarda davlat organlari qarorlariga baho beriş ham endilikda şunday faoliyat deb hisoblanişi közda tutilgan.
Agarda notijorat taşkilot siyosiy deb tan olinsa, u ayni paytda çet el agentlari reyestriga ham kiritilişi mumkin. Bunga asos bölib siyosiy faoliyatning amalga oşirilişi yoki çet eldan mablağ oliş xizmat qilişi mumkin.
Özgartişlarga muvofiq, “siyosiy faoliyati” deganda “davlat organlari va mansabdorlariga ommaviy şaklda murojaat qiliş”, “zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga hamda ularning siyosatiga baho beriş” tuşuniladi.
Qonunning amaldagi tahririda esa siyosiy faoliyatga “davlat organlari qabul qiladigan qarorlarga ta'sir ötkazişga, davlat siyosatini özgartirişga, şu maqsadlarda jamoat fikrini şakllantirişga qaritlgan ommaviy aksiyalar uyuştiriş” kiritilgan edi.






