AQŞning Şarqiy sohillariga yopirilgan qon böroni 9 kişining halok bölişi va 8 mingta aviareysning bekor qilinişiga olib keldi, deb xabar bermoqda USA Today naşri.
23 yanvarda 8,3 mingta reys bekor qilindi. Mamlakatning eng yuklangan aeroportlari hisoblanuvçi Filadelfiya, Vaşington Dalles, Vaşington Regnan va Baltimor aeroportlarida barça reyslar bekor qilindi.
Tennessi, Kentukki, Şimoliy Karolina va Virjiniya ştatlarida 9 kişi halok bölgan.
Virjiniyada qor böroni tufayli yuz bergan yöl-transport hodisasida mingdan köproq avtomobil şikastlangan.
Filadelfiya, Baltimor va Vaşington hukumati jamoat transporti işini taqiqlab qöydi va aholini öz uylarini tark etmaslikka çaqirdi.
Ayni vaqtda tabiiy ofat hududida 60 mln odam qolmoqda.
Avvalroq AQŞning 6 ştatida qor böroni tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilingani ma'lum qilingandi.






