Rossiyalik tennisçi Mariya Şarapova Melburn şahrida davom etayotgan Australian Open turnirining çorak finaliga yöllanma oldi. Bu bosqiçda uning raqibasi sayyoraning birinçi raketkasi amerikalik Serena Uilyams böladi. Bu haqda olamsport.com naşri xabar bergan.
24 yanvar kuni tongida dunyoning beşinçi raqamli tennisçisi bölib turgan Şarapova törtinçi davra uçraşuvida şveysariyalik Belinda Bençiçni ikki setda ham bir xil 7:5 hisobilarida doğda qoldirdi. Uşbu bahsda 21ta eys zarbasini amalga oşirgan Şarapova özining şaxsiy rekordini ham yangiladi.
Serena Uilyams esa törtinçi davrada rossiyalik Margarita Gasparyanni ortiqça qiyinçiliksiz 6:2, 6:1 hisobida yengdi.
Qayd etiş kerakki, Şarapova – Uilyams örtasidagi özaro uçraşuvlarda Serena 18-2 hisobida oldinda bormoqda.
Australian Open —«Katta dubulğa» turkumiga kiruvçi dastlabki musobaqa bölib, 18-31 yanvar kunlari Avstraliyaning Melburn şahrida bölib ötadi. Turnirning umumiy sovrin jamğarmasi 30 million dollarni taşkil qiladi.






