Nyu-York hukumati kuçli qor böroni tufayli şaharda favqulodda vaziyat e'lon qildi, deb xabar bermoqda New York Times naşri.

Şahar meri Endryu Kuomo favqulodda vaziyatni e'lon qildi va haydovçilarni şaxsiy transportdan foydalanmaslikka çaqirdi.

“Yöllar juda ham yomon ahvolda”, deb aytdi Kuomo mahalliy televideniye efirida.

Şaharda yer usti transportining işi 23 yanvarning ikkinçi yarmida töxtatiladi.

Avvalroq AQŞdagi qor böroni 9 kişining halok bölişiga va AQŞning şarqiy sohili böylab 8 mingta aviareysning bekor qilinişiga olib kelgani ma'lum bölgandi.