"Inter" jamoasi boş murabbiyi Roberto Mançini Italiya A seriyasining 21 turida "Karpi"ga qarşi keçgan uçraşuvidan (1:1) keyin öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
"Men natijadan juda xafaman. Uçinçi öyindirki, biz raqibga gol uriş uçun özimiz imkoniyat yaratib bermoqdamiz.
Yana bir jiddiy muammo şundaki, hujum çiziği vakillari gol ura olmay qolişdi. Hujumçilarimiz bitta joyda turib, töp kelişini kutib qolişmoqda. Axir futbol faqat muskullarga tayangan holda emas, aql ham işlatiladigan öyin-ku!
Bugun bizda kamida 7ta golli vaziyat böldi. Lekin öyinga qöşib berilgan daqiqalarda himoyaçilarimiz göyoki uxlab qolişdi va gol qöyib yubordik. Raqibga bunday imkon beriş aqlga töğri kelmaydi.
Ikardining golga aylantira olmagan vaziyatlari haqida söraysizmi? Men 50 yoşdaman, lekin şu holimda ham bu vaziyatda gol ura olgan bölardim. Bunday nuqtadan gol ura olmaslikning özi qiyin.
Hujumçilar şuni tuşunişi kerakki, 92 daqiqaga qadar öynaşda davom etişlari kerak. Töpga intilib, uni egallab, kerak bölsa uni jamoada saqlab turiş uçun raqib jarima maydoni yaqinidagi burçakka borib oliş kerak. Futbolçi kallasini işlatişi kerak. Menimça, qişki transferlar yakunlanmasidan yangi hujumçi olamiz.
Şuningdek, "Inter" futbolçilari şuni bilib olişi kerakki, 1:0 hisobi juda qaltis hisob, raqib istalgan vaziyatda hisobni tenglaştirib qöyişi mumkin. Bugungi öyin ularga saboq bölişi lozim.
Biz mavsumning birinçi davrasida qölga kiritilgan ğalabalarni havoga sovurgandekmiz", deya sözini yakunlagan Mançini.






