Vasiliy Utkin, Aleksey Andronov, Kirill Dementev, Aleksandr Yelagin, Vladislav Baturin va Elvin Kerimov kabi şarhlovçilar «Matç TV» telekanalida ştatdan çiqarildi. Bu haqda krasnodarlik jurnalist Artur Karatay öz tvitterida ma'lum qilgan.
Endi bu şarhlovçilar telekanalda gonorar asosida işlaşi mumkinligi aytilmoqda. Georgiy Çerdantsev esa odatdagi tartibda işlaşda davom etadi.
22 yanvar kuni «Matç TV» rahbariyati şarhlovçilar tarkibida qisqartirişlar amalga oşirişi haqida xabar berilgandi. Unga köra, bir qator yetakçi şarhlovçilar işdan ketişi, ular qatorida Vasiliy Utkin hamda Georgiy Çerdantsev nomlari ham borligi aytilgandi.
20 yanvar kuni Vasiliy Utkin «Matç TV» telekanalidan ketayotgani haqida ma'lum qilgandi. U 2016 yilda Rio-de-Janeyroda ötkaziladigan olimpiadaga bağişlangan «Rio jdet» körsatuvidagi iştirokini töxtatgani, işdan ketişiga YeÇLning guruh bosqiçi doirasidagi «Bayyer» va «Barselona» bahsi vaqtida uxlab qolgani sababligi haqida aytgandi.
VGTRK va «NTV-Plyus» bazasida taşkil etilgan «Matç TV» 2015 yilning 1 noyabrida namoyişlarni boşlagandi. Kanalning boş prodyuseri Tina Kandelaki hisoblanadi.






