Amazon onlayn-dökoni mijozi Erik Springer özining Medium platformasidagi şaxsiy blogida onlayn-dökonning qöllab-quvvatlaş xizmatining işonuvçanligi sababli firibgarlar uning şaxsiy ma'lumotlarini köp marta bilib olganlarini ma'lum qildi.
Springerning yozişiça, u firibgarlik haqida birinçi marta unga Amazon’dan uning qöllab-quvvatlaş xizmati bilan suhbati qançalik foydali bölganini baholaş iltimosi bilan xat kelganda bilib qolgan. Springer qöllab-quvvatlaş xizmati bilan boğlanmagani sababli, bu xabarni xatolik tufayli olgan deb hisoblagan, biroq qiziquvçanligi ustun kelib, dökon bilan boğlangan.
Unga göyoki uning nomidan yuborilgan xabarning nusxasini yuborişgan. Xabar matnidan aniqlanişiça, noma'lum bir odam özini Erik Springer deb taniştirib, Springer domen nomlarini röyxatdan ötkazişda foydalangan qalbaki manzilni aytgan. Bu ma'lumotlar asosida dökonning qöllab-quvvatlaş xizmati xodimi unga Springerning haqiqiy manzili va telefon raqamini taqdim qilgan.
Springerning aytişiça, bölib ötgan voqeadan keyin u Amazon’dan uning qayd qiliş yozuviga qöllab-quvvatlaş xizmati xodimlari firibgarlikka urinişlar bölişidan xabardor bölişlari va kirayotgan murojaatlarga e'tiborliroq bölişlari haqidagi eslatmani qöşib qöyişni söragan. Springerning ta'kidlaşiça, uşbu voqeadan keyin uning ma'lumotlari yana ikki marta oşkor qilingan.
Biroq Reddit internet-forumining bir neça foydalanuvçisi Springerning xabarini öqişgaç, u tomonidan bayon qilingan firibgarlarning muloqot qilişi sxemasini takrorlaşga harakat qilişgan, biroq buning uddasidan çiqa olişmagan. Ular qalbaki manzillarni aytişgandan keyin, Amazon’da ular taqdim qilgan ma'lumotlar tizimda mavjud bölgan ma'lumotlardan farq qilişi aytilgan va suhbatni davom ettirişdan boş tortilgan.
Amazon hozirça bunga heç qanday izoh bermagan.






