Avstraliyaning Kvinslend politsiyasi özining feysbukdagi sahifasida “kiçik böyli, qora qalpoq va burunsiz, Bill nomiga javob beruvçi odamni” qidiruvga berdi va unga Be Like Bill internet-memi qahramoni tasvirini ilova qildi.
Bu mem 2015 yilda ğarbda ommalaşib ketgan. Mashable portalining ta'kidlaşiça, u dastlab kulgili bölgan, biroq tezda jonga tegib, foydalanuvçilarning asabiga tega boşlagan.

Yanvar oyi örtalarida “Meduza” naşri uni rossiyalik foydalanuvçilarga moslaştirib, Billni Petyaga aylantirgan.
Kvinslend politsiyasi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari e'tiborini antiqa kidiruvga e'loni bilan birinçi marta jalb qilmayapti: politsiya 2015 yil mayida “musiqaga qarşi jinoyati” uçun Nickelback guruhini qidiruvga bergandi.






