Hindistonning Erod şahri yaqinida istiqomat qiluvçi makaka daydi itni boqib olib, unga ğamxörlik qila boşlaganidan söng Facebook ijtimoiy tarmoğida maşhur bölib ketdi. Foydalanuvçi Sanjay Pandev ijtimoiy tarmoqda jonivorlarning suratlarini e'lon qildi. 26 yanvarga qadar, The Daily Mail naşrining xabar berişiça, suratlarni 170 mingdan ortiq foydalanuvçi körib ulgurgan.

Aytilişiça, maymun kuçukçani butunlay öz himoyasiga olgan. U boşqa daydi itlarni özi asrab qolgan kuçukçadan uzoqqa haydaydi, uni kötarib olgança şoxdan şoxga sakrab yuradi.

Bundan taşqari, makaka mitti kuçukçaning qornini töydiriş uçun unga mevalar taklif qiladi. Odamlar jonivorlarga sut berganida, maymun asrandi bolasini birinçi bölib ovqatlantirib oldi.

“Ularni körgan odamlar jonivorlar darhaqiqat bir-biriga boğlanib qolganini ta'kidlamoqda”, - dedi voqea guvohlaridan biri Sasi Kumar. Uning taxmin qilişiça, muqaddam makakaning bolasi nobud bölgan, şu bois u kuçukçaga ğamxörlik qilmoqda.