24 yanvarda AQŞ Milliy futbol ligasi doirasida New England Patriots va Denver Broncos jamoalari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv nafaqat maydondagi yorqin lahzalar, balki Surface planşetlari bilan boğliq köngilsizlik bilan ham esda qoldi.
Patriots jamoasi öyinçilari foydalangan Microsoft kompaniyasining bu planşetlari vaqtinçalik işdan çiqib qoldi va futbolçilarning aççiğini keltirdi. Bu haqda The Verge naşri xabar bermoqda.
Planşetlar şifrlangan tarmoqqa ulangan bölib, faqatgina bitta dasturni işga tuşirişi mumkin. Bu dastur orqali futbolçilar real vaqtda murabbiydan raqibning öyin taktikasi haqida ma'lumot oladilar.
Biroq Microsoft’ning qurilmalari uçraşuv paytida işlamay qoldi. Nosozliklar 20 daqiqaga yaqin davom etdi hamda futbolçilarda salbiy holatni keltirib çiqardi.
Bu orada raqib jamoa Broncos’ning xuddi şunday planşetlari işlaşda davom etgan va jamoa futbolçilari heç andişa qilmay bunday imkoniyatdan foydalanib qolişga harakat qilişdi.
Microsoft vakillarining aytişiça, bu köngilsizlikda ularning qurilmalarining aybi bölmagan.
“Bizning maydondagi jamoa nosozlik planşetlar bilan emas, balki tarmoqqa ulaniş bilan boğliq bölganini aniqlaşdi. Biz uşbu xizmatni taqdim qiluvçi hamkorlarimiz bilan bu muammoni hal qiliş böyiça iş olib bormoqdamiz”, deb aytdilar kompaniya vakillari.
Patriots planşetlarning işdan çiqib qolişiga qadar 6-14 hisobida yutqazayotgani bois, jamoa öyinçilari barça alamlarini planşetlarga soçişdi. Misol uçun, futbolçilardan biri qurilma “doimo işlamasligidan” şikoyat qildi.
Uşbu hodisa Microsoft nomiga köplab tanbehlar bildirilişiga sabab böldi. Kompaniyaga uçraşuvlar paytidagi köp sondagi reklama roliklari va doimo bemavrid örnatila boşlanadigan Windows’ning yangilanmalari haqida eslatib qöyişdi.
Şuningdek, uşbu nosozlikni raqib jamoa axborot texnologiyalari mutaxassislari uyuştirgan degan hazilomuz fikrlar ham bildirildi.

Futbolçilar uşbu nosozlikdan keyin planşetlarni “aypadlar” deb ataşni bas qilişganiga ham e'tibor qaratildi. Avval öyinçilar va şarhlovçilar Microsoft‘ning raqobatçisi brendini eslatgan holda planşetlarni şunday ataşardi.
Techradar portalining ta'kidlaşiça, turli omadsizliklar taqib qilayotgan Microsoft‘ning bu reklama tadbiri unga 400 mln dollarga tuşgan.
Microsoft va AQŞ milliy futbol ligasi NFL örtasidagi hamkorlik dasturi 2014 yilning oxirida boşlangan. 2015 yilda tarmoqlar foydalanuvçilarida futbolçilar Surface planşetlariga ğazablanayotganlari tasvirlangan ançagina gif tasvirlar yiğilib qolgan.






