Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalnyy tomonidan yaratilgan Korrupsiyaga qarşi kuraş jamğarmasining tergovlar bölimi boşliği Georgiy Alburov ba'zi hujjatlar asosida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putina familiyasini özgartirgani haqidagi xulosaga keldi. Bu haqda “Sobesednik” naşrining tergovida aytilmoqda.
Rosreyestrdan Putin, uning rafiqasi va qizlariga tegişli bölgan Sankt-Peterburgdagi kvartiraga egalik qiliş huquqi haqida olingan köçirmaga köra, bu kvartira 2015 yil avgustda tuğilgan sanasi, ismi-şarifi Putinning sobiq rafiqasiniki bilan bir xil bölgan Lyudmila Aleksandrovna Oçeretnaya ismli ayol nomiga ötgan.
Naşr ma'lumotlariga köra, 2015 yilning 2 fevralida Oçeretnaya familiyasiga Moskva şahri böyiça Federal migratsiya xizmati boşqarmasida yangi pasport olingan.
“Sobesednik”ning ma'lum qilişiça, Oçeretnyy familiyasi Şaxslararo aloqalarni rivojlantiriş markazi raisi, 37 yoşli Artur Oçeretnyyga tegişli. Oçeretnyy Putinning sobiq rafiqasi bilan aloqalari borligi haqidagi yozma maktubga javob bermagan.
Naşr yuqoridagi ma'lumotlarga tayanib, Putinning sobiq rafiqasi turmuşga çiqqan bölişi mumkinligini aytmoqda.
Vladimir va Lyudmila Putinlar 2013 yil 6 iyunda ajraşişga qaror qilişganini ma'lum qilişgan. Ular deyarli 30 yillik birgalikdagi turmuşdan keyin ajraşişgan. 2014 yilda Putin rossiyaliklar bilan ötkazgan “jonli muloqot” vaqtida kelgusi şaxsiy hayoti haqidagi savolga hazilomuz tarzda avval özining sobiq rafiqasini turmuşga berişi kerakligini, söngra uylaniş haqida öylab körişini aytgandi.






