Suriya armiyasi duşanba kuni mamlakat janubidagi Dara viloyatida jangarilarga qarşi olib borilgan janglardan söng strategik muhim şahar Şayx-Miskinni ozod qilgan va şaharda nazorat örnatgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

Xabarda aytilişiça, bu şahar Suvayda, Damaşq va Kuneytra şaharlarini mamlakatning janubi bilan boğlovçi yölda joylaşgan bölib, stragegik jihatdan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda şaharning ğarbiy çekkalarida harbiy harakatlar davom etmoqda.

“Şahar ziddiyatdagi ikki tomon uçun ham juda muhim. Hukumat qöşinlari Şayx-Miskinni nazoratga oliş orqali jangarilarning Dara viloyatidagi janubiy va ğarbiy hududlari orasidagi aloqani uzub qöydi”, - deya xabar beradi huquq himoyaçi taşkiloti vakili Rami Abdulrahmon.

Uning aytişiça, şahar butunlay xaroba holatga kelgan.