Toşkentda 25 yanvar kuni uç avtobus iştirokida yöl-transport hodisasi yuz bergani töğrisidagi axborotga izoh berildi. UZ24 saytining «Toşşahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasiga asoslanib xabar berişiça, hodisa uç avtobus emas, balki Isuzu avtobusi va «Gazel» rusumli mikroavtobus iştirokida yuz bergan.

Keça, 25 yanvar kuni, «Toşkent» (Şimoliy) vokzalidagi şahar jamoat transportlari iştirokida YTH yuz bergan. Guvohlarning sözlariga köra, "Isuzu" avtobusi va "Mercedes-Benz" rusumidagi ikki avtobus bir köprikni "bölişolmagan"i haqida xabar berilgandi.

Aslida uşbu yöl transport hodisasi 81-yönaliş böylab harakatlanadigan "Isuzu" avtobusi va 193-raqamli yönalişli taksi iştirokida sodir bölgani aytildi. Avariya joyida avtobuslarning bir joyda töplanib qolişi natijasida yölda tirbandlik yuzaga kelgan.

"Avtohalokat oqibatida jabrlanganlar yöq. Hodisa aybdorlari qat'iy ravişda jazolanadi", deb xabar qiladi «Toşşahartransxizmat».