Xitoyning Dalian Wanda xoldingi Hindistonning Xaryan ştati hukumati bilan texnopark quriş töğrisidagi şartnomani imzoladi. China Daily naşrining elektron nusxasi xabariga köra, sarmoyaning umumiy qiymati 10 milliard dollarni taşkil etadi.

Naşr ma'lumotiga köra, obektning maydoni 13 kvadrat kilometrni taşkil etadi. Uning hududida texnoparkdan taşqari, sayyohlik zonasi va köngiloçar park ham böladi. Loyihaga köra, kompleks dasturiy ta'minot, maşinasozlik, avtomobil sanoati, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarda ta'lim dasturlari faoliyati bilan şuğullanuvçi kompaniyalar uçun möljallangan.

Xitoy kompaniyasi boşlanğiç infratuzilmalarni yaratişda sarmoya, şuningdek, Xitoy va butun dunyodagi rezident kompaniyalar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oladi. Milliarder Van Tszyanlin boşqaradigan Dalian Wanda xoldingi Xitoydagi eng yirik investitsion kompaniyalardan biri hisoblanadi. Asosan köçmas mulk, turizm, mehmonxonalar, köngiloçar parklar sohasida faoliyat körsatadi. Biroq sönggi vaqtlarda kompaniya biznesni diversifikatsiya qiliş sohasida ham faol iş olib bormoqda.