AQŞ armiyasining pudratçisi hisoblanadigan Hendrick Dynamics kompaniyasi Jeep Wrangler jipi negizida yengil armiya yöltanlamas avtomobilini quriş ustida iş olib bormoqda. Bu haqda The Detroit News naşri xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, AQŞ armiyasi çekka joylarga taşlaş mumkin bölgan yengil, arzon, zirhlanmagan avtomobillarni qurollanişga olmoqçi. Bu maşinalar oğir zirhlangan texnikani talab qilmaydigan operatsiya vaqtida boriş qiyin bölgan hududlar böylab qöşinlarni va yuklarni taşişi mumkin böladi.

Yangi maşina deyarli Ikkinçi jahon uruşi vaqtidagi Willys MB yöltanlamasi bajargan vazifalarni bajaradi. Willys MB avtomobili 1941 yildan 1945 yilgaça Toledoda Willys-Overland Motors kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan.

2014 yilda Jeep kompaniyasi “Villis”ga bağişlangan Wrangler’ning maxsus modelini yaratgandi. Avtomobil özi bloklanuvçi differensialga ega Dana 44 orqa köprigi, BF Goodrich pokrişkalari, şatak trosi va takelaj skobasini öz içiga oluvçi maxsus töplam bilan jihozlangandi. Wrangler Willys Wheeler nomli bu yöltanlamas 285 ot kuçiga ega 3,6 litrli Pentastar dvigateli va olti poğonali “mexanik” yoki beş diapazonli “avtomat” uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

“Rengler”ning fuqarolik versiyasi Fiat Chrysler Automobiles (FCA) uyuşmasining korxonasida işlab çiqariladi. Hendrick Dynamics vakillarining aytişiça, yangi maşinani seriyali işlab çiqariluvçi avtomobil negizida yaratilişi işlanmalarning qiymatini ança kamaytirişga imkon berdi. Bundan taşqari, FCA dunyoning köplab hududlarida vakolatxonalariga ega, şuning uçun armiya maşina uçun ehtiyot qismlarning yetkazib berilişida muammolarga duç kelmaydi. Ayni vaqtda Hendrick Dynamics harbiy “Rengler”ning 20 ga yaqin prototipini yaratdi.

Yangi harbiy yöltanlamasning paydo bölişi muddatlari hozirça aytilmayapti.