AQŞda qor böronlari sababli hayotdan köz yumganlar soni 48 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Assoşieyted Press agentligi.
Barça ölim holatlari yöl-transport hodisalari, is gazidan zaharlaniş hamda qor kuraş vaqtida yuzaga kelgan infarkt sababli sodir bölgan. Halok bölganlar AQŞning Vaşington, Delaver, Kentukki, Merilend, Nyu-Jyersi, Nyu-York, Şimoliy va Janubiy Karolina, Ogayo, Pensilvaniya, Tennessi va Virginiya ştatlarida aniqlandi.
Mamlakatda 22 yanvardan boşlangan noqulay ob-havo yölida 90 million amerikalik istiqomat qiladi. 11 ştat hukumati şu munosabat bilan favqulodda holat e'lon qildi. Köplab yirik şaharlarda transport aloqasiga çeklovlar joriy etildi, aholidan köçaga çiqmaslik söralmoqda.
Mahalliy OAV xabarlariga köra, qor böronlari natijasida ayrim hududlarda qorning balandligi 70 santimetrgaça yetib, 200 ming xonadon elektr ta'minotisiz qolmoqda.






