AQŞning qurol işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniyasi Lockheed Martin’ning 2015 moliyaviy yildagi sof savdo hajmi 1,1 foizga, ya'ni 46,1 mlrd dollargaça oşdi, kompaniyaning bu körsatkiçi 2014 yilda 45,6 mlrd dollarni taşkil qilgandi, deb xabar bermoqda RNS naşri.
Kompaniya hisobotida ta'kidlanişiça, 2015 yilda kompaniyaning sof foydasi 3,614 mlrd dollarni taşkil qilgan, 2014 yilda bu körsatkiç 3,605 mlrd dollarni taşkil qilgandi.
2015 yilda kompaniyaning eng serdaromad segmenti raketasozlik bölimi Missile and Fire Control böldi, uning operatsion daromadi 1,28 mlrd dollarni taşkil qildi.
2015 yilda kompaniyaning umumiy operatsion daromadi 2,8 foizga kamaygan va 5,43 mlrd dollarni taşkil qilgan.






